
Sharqiy Osiyo davlatlariga “Yozgi maktab” loyihasi doirasida “Study trip” dasturi e’lon qilindi
E’LON
Ziyorat turizmini rivojlantirish hamda xorijiy mamlakatlardagi hamkor universitetlar bilan mavjud aloqalarni yanada kengaytirsh maqsadida joriy yil 2-16-avgust kunlari Indoneziya, Singapur va Malayziya davlatlariga “Yozgi maktab” loyihasi doirasida “Study trip” dasturi rejalashtirilgan.
Mazkur dastur davomida Singapur, Malayziya va Indoneziya davlatlaridagi 5 ta oliy ta’lim muassasasi – Singapur milliy universiteti, Singapur islom olimlari kengashi huzuridagi maktab, Perlis islom oliy ta’lim instituti, Malayziya xalqaro islom universiteti, Indoneziyadagi Sahid universitetiga tashrif, 6 ta shahar – Kuala-Lumpur, Singapur, Penang, Lankavi, Malakka va Jakartaning turizm obyektlari bilan tanishish hamda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha Malayziya xalqaro islom universitetida malaka oshirish seminarlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ushbu dasturda ishtirok etishni istaganlar 27-iyungacha Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat etishlari so‘raladi.
Safar xarajatlari boruvchilarning o‘z hisoblaridan qoplanishi ko‘zda tutilgan.
Unda ishtirok etishni istovchilar Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat etishlari mumkin.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish