1498

Akademiyaning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati tarixi

OʻZBEKISTON XALQARO ISLOMSHUNOSLIK AKADEMIYASIDA 2025/2026-OʻQUV YILIDA AMALGA 
OSHIRILGAN ISHLAR BOʻYICHA

HISOBOT

AKADEMIYA HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOT

MAʼNAVIY-MAʼRIFIY YOʻNALISH

Ushbu davrda talabalar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, belgilangan reja va alohida tashabbuslar doirasida 2 290 marta kichik va katta tadbirlar tashkil qilindi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar: 554 ta;

Koʻrik-tanlov va musobaqalar: 296 ta;

Sport musobaqalari va bellashuvlar: 262 ta;

Uchrashuv va davra suhbatlari: 937 ta;

Huquqiy-targʻibot tadbirlari: 241 ta;

Jaholatga qarshi maʼrifat targʻibot tadbirlari:

“Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi ostida Akademiya professor-oʻqituvchilari DIQning “Targʻibot guruhi” tarkibida Toshkent shahri, Toshkent, Namangan, Fargʻona viloyatlarda jami 992 ta ( 142 ta tashkilot, 76 ta taʼlim muassasalari, 774 ta MFY.) radikallashuv va ekstremizmga qarshi kurash mavzularida umum-profilaktik tadbirlarni tashkil etdilar. Tadbirlarda 42 280 nafar fuqarolar qamrab olindi.

OʻXIA yosh professor-oʻqituvchilari va iqtidorli talabalaridan iborat “Tashabbuskor va targʻibotchi yoshlar guruhlari” shakllantirilib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan muvofiqlashtirgan holda Toshkent shahridagi 10 ta Oliy taʼlim muassasalarida talaba-yoshlarda ijtimoiy-diniy sohadagi tahdidlarga qarshi immunitet shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etdildi. Targʻibot tadbirlari doirasida oliygohlarning 3 420 nafar talaba-yoshlari jalb etildi.

Teatr, muzey va kinolarga tashrif:

Teatrlarga: 94 ta tashrif 1860 nafar talaba.

Muzeylarga: 71 ta tashrif 1740 nafar talaba.

Toʻgaraklar faoliyati:

Sanʼat toʻgaraklari –5 ta;

Fan toʻgaraklari – 24 ta;

Sport toʻgaraklari – 8 ta;

Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti va klublar faoliyati hamda amalga oshirilayotgan loyihalar va tashabbuslar

- Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlangʻich tashkiloti, uning qoshida 14 ta klub va 5 ta loyiha tashkil etildi.

- tashkil etilgan “Ekoklub” doirasida 4 ta loyiha va tashabbus amalga oshirildi va ularda 830 nafardan ortiq talaba-yoshlar hamda professor-oʻqituvchilar qamrab olindi.

Talabalar turar joylarida shart-sharoitlar yaratish hamda ijara xonadonlarni oʻrganish

- 650 oʻrinli 2 ta talabalar turar joyida ichki tartib-qoidalarga amal qilish, yongʻin va texnika xavfsizligiga rioya etishga qaratilgan 67 marotaba suhbat tashkil etildi.

- 2026-yil talabalarga qulayliklar yaratish maqsadida 2-son talabalar turar joyida Maʼnaviyat xonasi va dars xonalari tashkil etilib, texnik jihozlandi.

— talabalar turur joylari va ijara xonadonlarini oʻrganish boʻyicha 482 marotaba tashrif tashkil etildi.

Sport sogʻlomlashtirish ishlari

- Akademiya rektori tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar bilan keng miqyosda 6 marotaba sport musobaqalari oʻtkazildi (“Bagʻrikenglik kubogi” – 2, “Hamkorlik kubogi” – 2, “Rektor kubogi” – 2).

Mazkur tadbirlarda hamkor OTM va Akademiyadan 2 260 nafardan ortiq professor-oʻqituvchi, xodim va talaba qamrab olindi.

- 8 turdagi sport toʻgaraklarida 1190 nafar talaba ishtirok etdi.

- talabalar oʻrtasida 9 marta “Talabalar ligasi”, “Yangi Oʻzbekiston olimpiadasi” hamda “Oʻrtoqlik bellashuvlari” sport musobaqalari oʻtkazildi. Ularda 2 140 dan ortiq talaba sportning mini-futbol, stol tennisi, voleybol, shaxmat va shashka turlari boʻyicha kuch sinashdi.

Talaba-yoshlarning turli tanlov va musobaqalarda erishgan natijalari

“Maʼrifat maydoni” respublika koʻrik-tanlovining yarim final bosqichida 1-oʻrin, final bosqichida 5-oʻrin;

Talabalar teatr studiyalari” Respublika tanlovi yarim final bosqichida 1-oʻrin, final bosqichida “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.

“Biz giyohvandlikka qarshimiz” respublika koʻrik-tanlovining hududiy bosqichida 1-oʻrin.

“Islomshunoslik” yoʻnalishi 1-kurs talabasi Madina Xalilova Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtgan “Nextgen International Olympiad” musobaqasida ishtirok etib, matematika fanidan 3-oʻrinni va ingliz tilidan esa 2-oʻrinni egalladi.

Akademiya talabalari Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Intellektual haftalik” doirasida hududiy bosqichidan oʻtib, Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

“Mening Oʻzbekistonim” videoroliklar tanlovida 1-oʻrin;

“Psixologiya bilimdoni” respublika intellektual tanlovida 1-oʻrin.

“Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqdi respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik-tanlovida “Eng faol milliy gʻoya va maʼnaviyat targʻibotchisi” nominatsiyasi boʻyicha 2-oʻrin.

“Balli huquqshunoslar” respublika tanlovida 1-oʻrin;

“TSUL COURT” respublika tanlovida 2-oʻrin

Maʼlumot uchun kiritilmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish