971

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori – akademiyada iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy markazdir. Sektor kafedralar va dekanatlar yordamida iqtidorli talabalarni aniqlaydi va tanlaydi, ularni o‘zlari qiziqqan fan sohalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltiradi va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda faol ishtirok etadi. Sektor akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilg‘or ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni jalb qiladi va ularning to‘la ishtirokini ta’minlaydi.

Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining mamlakatimizdagi boshqa ilmiy markazlar va institutlar hamda xorijda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan aloqasini o‘rnatadi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektorining vazifalari quydagilar:

– iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olgan holda aniqlash, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;

– iqtidorli talabalarning faoliyatini talabalar ilmiy jamiyati faoliyati bilan hamkorlikda olib borishni tashkil etish;

– akademiya kengashi bilan hamkorlikda tanlab olingan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish;

– Respublika va halqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan olimpidalari, seminarlar, tanlovlarda iqtidorli talabalarning ishtirokini ta’minlash;

– O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari, “Yoshlar Ittifoqi” jamg‘armasi, xorijiy fondlar grantlariga, nomdor stipendiyalarga tavsiya qilish;

– iqtidorli talabalarning ilmiy ishlarini va ishlanmalarini chop etishda hamda amaliyotga joriy etishga yaqindan yordam ko‘rsatadi.

ABDUGʻANIYEVA DIYORA ABDURASHID QIZI

(2019-2020 o‘quv yili uchun “Islom Karimov” nomli Davlat stipendiyasi sovrindori)

Abdug‘aniyeva Diyora Abdurashid qizi 2017-yil Toshkent islom universitetining Psixologiya (Din sosiopsixologiyasi) yo‘nalishi 1-bosqichiga qabul qilindi. Abdug‘aniyeva Diyora 2 yil davomida o‘zining fanlarga bo‘lgan qiziqishi, ilmga chanqoqligi bilan boshqalardan ajralib turishini ko‘rsata olgan.

Hozirgi kunga qadar 4 ta konferensiya va 2 ta seminarlarda ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib kelgan. U o‘z vazifasiga va jamoat ishlariga jiddiylik va fidoiylik bilan yondashadigan, itoatkor va bilimdon talaba.

1

SODIQOVA FOTIMAXON MAXMUD QIZI

(2019-2020 o‘quv yili uchun “Imom al-Buxoriy” nomli Davlat stipendiya sovrindori)

Sodiqova Fotimaxon Maxmud qizi 1999-yil 22-sentabr kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi va manbashunosligi” (o‘zbek) yo‘nalishi III bosqich talabasi.

Fotima Sodiqova o‘zining a’lo baholarga o‘qishi, namunali xulqi, fakulteti ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishi, ilmga chanqoqligi bilan barchaning hurmatiga sazovor bo‘lgan.

Shu bilan bir qatorda u Akademiya qoshida tashkil etilgan “Ziyo” media markazi ko‘rsatuvlarida ishtirok etib, ushbu ko‘rsatuvning bir necha sonida suxandon sifatida qatnashib kelmoqda.

1

SOBIROVA SHAHLO MAXMUDJON QIZI

(2019-2020 o‘quv yili uchun “Imom al-Buxoriy” nomli Davlat stipendiyasiga tavsiya etilgan)

Sobirova Shahlo Mahmudjon qizi 1999-yil 18-may kuni Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi va manbashunosligi” (rus) yo‘nalishi III bosqich talabasi.

Sobirova Shahlo o‘ziga berilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashadi. Mehnatsevarligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi faolligi bilan ustozlar hamda talabalar orasida hurmat qozongan. Akademiyada tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi. Rus, ingiliz, arab, fors tillarida adabiyotlar mutolaa qiladi.

1

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jul
26
Talabalar
BITIRUVCHI BURCHAGI
12:48
Jul
26
Talabalar
MASOFAVIY TA’LIM
07:46
Jul
26
Talabalar
CALL-MARKAZI
07:34

Izoh qoldirish