746

Axborot-resurs markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi axborot-resurs markazi haqida ma’lumot

1999-yilda birinchi Prizidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tashabbuslari bilan Toshkent islom universiteti tashkil etilgan va shu yili universitet Axborot-resurs markazi o‘z faoliyati boshlagan. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kontingenti yildan-yilga ko‘payganligini inobatga olgan holda Аxborot -resurs markazida 271 o‘rinli o‘quv zali tashkil etilgan. Talabalarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida badiiy adabiyotlar bo‘limi, 56 o‘rinli “Book cafe” sifatida tashkil qilingan. 

ARM fondida 7412nomda, 74200 nusxada o‘quv adabiyotlari mavjud. Shundan, ilmiy adabiyotlar 1310 nomda 12613 nusxada, darsliklar 1392 nomda 19879 nusxada, o‘quv qo‘llanmalari 1232 nomda 30295 nusxada, badiiy adabiyotlar 3149 nomda 8122 nusxada, boshqa adabiyotlar 273 nomda 2723 nusxada hamda 82 nomda, 838 nusxada brayl alifbosidagi adabiyotlar  va 11808 nomdagi to‘liq matnli elektron resurslar  mavjud.(4200 tasi Imom Moturudiy ilmiy markazining maxsus fondida saqlanadi). 2023 yilda ARM fondiga jami 90 nom 775 nusxada adabiyotlar xarid qilingan. Shundan, 73 nom 245 nusxada badiiy adabiyotlar, 17 nom 530 nusxada ilmiy adabiyotlar xarid qilingan. 2023 yilda 14 nomda 32 nusxada gazeta, 24 nomda 28  nusxadagi jurnallarga obuna tashkil qilingan bo‘lib, ulardan nomdagi jurnal Rossiya Federatsiyasida tomonidan chop etilgan oynomalardir.

2018-yil AQSh elchixonasi tomonidan axborot-resurs markaziga 491 nomda 656 nusxada turli yo‘nalishdagi (Iqtisod, tarix, texnologiya) adabiyotlar qabul qilib olindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazining yagona elektron kutubxona tizimi ishga tushirildi. Ushbu tizimda Axborot-resurs markazidagi barcha elektron resurslar tizimga ketma-ketlik asosida joylashtirilmoqda.

Axborot-resurs markazida book.iiau.uz veb sayti 2021-yil aprel oyidan ishga tushirildi, hozirgi kunga qadar 7608 ta elektron va 1674 ta audio adabiyotlar joylashtirildi. Mavjud adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganilib, foydalanishda talab yuqori bo‘lgan adabiyotlar skaner qilinmoqda.

Book.iiau.uz dasturi orqali elektron kutubxonaga a’zolik tizimli amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 2618 nafar talaba elektron a’zo qilingan. Bu dastur orqali talabalar mustaqil masofadan turib o‘zlari ARMga a’zolikni amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi videorolik telegram kanalda joylashtirilgan.

Bundan tashqari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-iyuldagi  225-sonli buyrug‘iga asosan kitob fondini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish  hamda vazirlik huzuridagi yagona “Elektron kutubxona” platformasiga joylashtirish  yuzasidan berilgan ko‘rsatmaga muvofiq axborot-resurs markazi kitob fondi to‘liq elektron shaklga o‘tkazilib,  “Elektron kutubxona” platformasiga joylashtirilmoqda.

Bugungi kunga qadar Axborot-resurs markazi tomonidan 74000 nusxada adabiyotlar maxsus shtrix kod bilan ta’minlandi. Arxiv fondiga yangi qabul qilinayotgan adabiyotlarni shtrix kod bilan taminlash ishlari olib borilmoqda. 

          Shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalar uchun 52 nomda audio darsliklar, 56 nomda 738 brayl alifbosida ilmiy adabiyotlar va 2 ta talabalar turar joyida, 2 ta o‘quv zalida brayl shriftli kompyuterlar o‘rnatildi va NVDIA (ko‘zi ojiz talabalar uchun) dasturi o‘rnatildi.

ARMda hozirgi vaqtda umumiy 26 ta kompyuter mavjud, shundan 21 tasi ARM o‘quv zalida, tasi talabalar turar joyida. Bundan tashqari ARMda printer qurilmasi 2 ta, skaner 1ta, nusxa ko‘chirish moslamasi 2 ta mavjud. Multimedia vositalar, kitob taqdimotlari uchun 1 ta Smart, 1 ta oddiy televizor, 2 ta vertikal, 2 ta gorizontal infokiosk mavjud. Talabalar ehtiyojidan kelib chiqib muhim darslik, o‘quv qo‘llanmalarning QR code doskalari yaratildi va talabalar gavjum joylarga ilindi. 

Simsiz tarmoq orqali kompyuterlar internet bilan to‘liq ta’minlangan. Internet tezligi 11Mbps (ohirgi olingan ma’lumot bo’yicha, ma’lumot fast.com saytidan olindi). 11.19 Mbps yuklab olish, 3.21 Mbps yuklash (spped.test.netdan olingan ma’lumot).

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish