2

Kitobga mehr – ma’naviyatga, ma’rifatga mehr!

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalar turar joyida “Kitobga mehr – ma’naviyatga, ma’rifatga mehr!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda intellektual salohiyatni oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti Ilyos Mirziyotov, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida O‘zR FA O‘zbek tili va adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimlari Zohida Muqimova hamda Muxlisaxon Saydaliyeva mehmon ma’ruzachi sifatida qatnashishdi.

Tadbir davomida so‘z olganlar tomonidan yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni borligi, yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undashi qayd etildi.

Darhaqiqat, kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega.

Zero, buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish