277

Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi

Yettinchi kun adventistlar cherkovida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Laziza Alidjanova boshchiligida sayyor dars tashkil etildi.

Dars mashg‘uloti “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun “O‘zbekistondagi noislomiy konfessiyalar” fani doirasida bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida konfessiya rahbari A.T.Ten tomonidan cherkov tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi. Taqdimotdan so‘ng talabalarning savollariga batafsil javob berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish