1

Nomingiz dillarda mangu yashaydi

Poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i”da 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ijtimoiy fanfar va huquq” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Street law” innovatsion guruhi volontyor talabalari ishtirokida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida ijodiy tashrif uyushtirildi.

Mazkur sayohat Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga O'zbekiston xalgining qo‘shgan munosib hissasini ilmiy o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda “Ijtimoiy fanfar va huquq” kafedrasi professori Ilhomjon Bekmirzayev, kafedra professor-o'qituvchilari Feruz Rashidov, Shuhrat Rajabovlar talabalarga tinchlik ne’mati, Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari, uning mudhish oqibatlari, frontda va front ortida g'alabaga hissasini qo'shgan o'tganlarni yodga olish, ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirish barchamizning insoniylik burchimiz ekanligi haqida ilmiy asosli ma'lumotlar berdilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish