277

Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan dolzarb mavzudagi spektakl namoyish etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalar teatr studiyasi tomonidan dramaturg Nasrullo Qobilning “To‘da” asari asosida “Adashganlar” spektakli tomoshabinlarga taqdim etildi.

Unda professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur spektakl talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.

Asar maktab va kollej oʻquvchilarining notinch va noqobil oila muhiti tufayli ayrim toʻdalarga qoʻshilib asr vabosi boʻlgan giyohvandlikka roʻju qoʻyishgani, giyohvandlik balosi esa oxir-oqibatda fojiali yakun topishi haqida hikoya qiladi.

Spektakl yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish