272

Doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. 

Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov hamda doktorantlar qatnashdi.

Tadbir davomida Akademiya faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsion xavflarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar maʼlumotlar berildi. 

Doktorantlar orasida “Korrupsiyasiz oliygoh” loyihasi doirasida anonim soʻrovnoma oʻtkazildi. 

Akademiya maslahatchisi “Jaholatga qarshi maʼrifat” chora-tadbirlari doirasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichida faoliyat koʻrsatayotgan doktorantlarning jonbozliklarini eʼtirof etib, rejadagi ishlar samaradorligi boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi. 

Shuningdek, Akademiyada ichki odob-axloq qoidalari va ijro intizomiga ham yana bir bor toʻxtalib oʻtildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish