86

Biz zo‘ravonlikka qarshimiz

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar turar joyida Shayxontohur tumani IIO FMB XPB XKMB katta inspektorlari, podpolkovnik G.Ishonxonova, Kiber jinoyat xavfsizlik bo‘limi leytenanti Sh.Damirova bilan hamkorlikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

Davra suhbatida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, dekan maslahatchisi Sh.Akbarova, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mutaxassislar tomonidan talabalarga “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati, shuningdek, oila-turmush doirasida bo‘layotgan ko‘ngilsiz holatlar, ularga sabab bo‘layotgan vaziyatlar, ajrimlar, tazyiq va zo‘ravonlikka uchrayotgan xotin-qizlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42
Apr
29
Yoshlar bilan ishlash
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
18:57

Izoh qoldirish