
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
Yoshlarning qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish, tarixiy xotirani mustahkamlash, ajdodlarimizning qahramonlik yo‘lidan faxrlanish hissini shakllantirish har birimizning muqaddas burchimiz bo‘lishi zarur.
Aynan shunday ezgu maqsadni ko‘zlagan holda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Sayohat davomida talabalarga majmuadagi okoplar, blindajlar va dala oshxonalari kompozitsiyalari, temir yo‘l vokzali, eski kutubxonalar va tibbiyot punktlari aks ettirilgan noyob hududlar bilan tanishtirildi.
Akademiya tyutori Maqsud Palvanov tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining mardlik va jasorati, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz haqida ma’lumot berildi.
Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan tashkil etilgan mazkur majmua va muzeyning bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Talaba-yoshlar bog‘ hududidagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasida Ikkinchi jahon urushi sabab besh farzandidan ayrilgan, sabr va matonat, chinakam o‘zbek onalarining siymosi bo‘lgan Zulfiya Zokirovaning hayoti haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish