303

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli mustaqil izlanuvchilikka 2022-yil II chorak uchun qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq, 2022-yil II chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi.

Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

Talabgorlar Akademiyada faoliyati yo‘lga qo‘yilgan quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin:

–  07.00.04 – Dinshunoslik;

–  19.00.07 – Din sotsiopsixologiyasi;

–  24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi;

–  24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik;

–  24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot;

–  24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplom nusxasi;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– ilmiy ishlar ro‘yxati (3-4 shakl) va ularning nusxasi;

– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

– ish joyidan tavsifnoma;

– rejalashtirilgan dissertatsiya mavzusi va asosnoma.

Eslatma: Hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) http://phd.mininnovation.uz internet manzili orqali joriy yilning 15-yanvardan 15-fevralga qadar qabul qilinadi. 

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy (O‘zXIA Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi). 

Murojaat uchun telefon: (71) 244-00-56, (97) 343-44-52, (99)327-23-08.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish