487

Talabalar ilmiy jamiyati

Talabalar ilmiy jamiyati faoliyati taxlili

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Kengashining 2019 yil 15 apreldagi 28-sonli majlisi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Akademiyada 2019 yil 23 aprel kuni “Talabalar ilmiy jamiyati”ning III konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyani Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Z.Islomov olib bordi va unda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. 10 nafar talaba va magistrantlar o‘zbek, rus, ingliz tillarida o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Konferensiyaga bakalavrlardan 60 ta, magistrantlardan 56 ta, jami 116 ta maqola taqdim etildi. Maqolalrodar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tasniflandi:

1. Dinshunoslik va tarix (33 ta);
2. Islomshunoslik va manbashunoslik (31 ta);
3. Din psixologiyasi (25 ta);
4. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va informatika (27 ta).
Maqolalar to‘plami “Intellektual avlod – kelajak tayanchi” nomi ostida nashr etildi. Konferensiya yuqori kayfiyatda o‘tkazildi va Akademiya saytida keng yoritildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Feb
11
Ilmiy faoliyat
Masofaviy taʼlim
22:32
Feb
17
Ilmiy faoliyat
Elektron kutubxona
06:59
Feb
12
Ilmiy faoliyat
Yosh olimlar kengashi
10:17

Izoh qoldirish