314

“Ramazon tuhfasi” teleradio loyihasida faol ishtirok eting!

Hurmatli Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari!

Muqaddas Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rish, uning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, tarbiyaviy ahamiyatini keng jamoatchilikka hayotiy voqealar, ibratli hikoyalar asosida yetkazish, targ‘ib etish maqsadida “Ramazon tuhfasi” ruknida videorolik hamda maqola-hikoyalar tayyorlanmoqda.

Sizdan muqaddas islom dinining haqiqiy ma’rifatini keng targ‘ib etishda Ramazon oyi va uning hikmatini (ijtimoiy, psixologik, tibbiy, fiqhiy, xayr-saxovat, mehr-oqibat, oilaviy munosabatlarga doir kichik hikoyalar asosida) namunali, pedagogik yondashuv bilan ifoda etishingiz talab etiladi. 

Mazkur maqola-hikoyangiz asosida “Ziyo-media” markazi tomonidan videorolik tayyorlanib, “Ramazon tuhfasi” rukni ostida qutlug‘ ayyom kunlarida O‘zbekiston teleradiokompaniyasi efirlarida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.

15-fevralga qadar ibratli hayotiy voqealarni maqola holatida Matbuot xizmatiga taqdim etishi so‘raladi. 

“Ramazon tuhfasi” teleradio loyihasida barcha professor-o‘qituvchilar, yosh ilmiy-tadqiqotchilarning faol ishtirok etishini so‘raymiz!

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Akademiya Matbuot xizmati hamda “Ziyo-media” markaziga murojaat qilishingiz mumkin. 

Telefon raqamlar: 

“Ziyo-media” markazi: +998 71 244-69-32, 

Matbuot bo‘limi: +998 97 155-23-38, +998 97 335-40-07.
 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish