Adiblar xiyobonida Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari
Elimizning atoqli shoir va yozuvchilari, ma’rifatparvarlari xotirasini yodga solib turuvchi Adiblar xiyobonini xalqimiz, qolaversa, yoshlar uchun ma’naviyat maskaniga aylantirish borasidagi Yurtboshimiz tashabbusi keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. E’tiborlisi, buyuk adiblarimizning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ularning ilmiy-ma’naviy merosini keng tadqiq etish bo‘yicha har bir adib xotirasiga barpo etilgan haykalning muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib berilishida ham o‘ziga xos ma’no bor. Bu yerda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan namunali ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, har bir adib ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish borasidagi aniq chora-tadbirlar katta ahamiyatga egadir.
Shu maqsadda barcha oliy ta’lim muassasalari qatori O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyobonidagi Mahmudxo‘ja Behbudiy haykali yonida adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari, olimlar, adabiyot hamda san’at vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, yozuvchi Sobir O‘nar va shoir Shodi Otamurod, ilmiy-tadqiqotchilar, doktorant va magistrantlar, talabalar, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, kafedra mudirlari, tyutorlar, Yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi ishtirok etdi.
“Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda olimlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan adib ijodiga bog‘liq qator mavzular bo‘yicha suhbatlashildi. Ma’rifatparvar ijodini o‘rganish borasidagi ilmiy tadqiqotlar mavzularida to‘plangan qimmatli ma’lumotlar o‘rtoqlashildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish