256

Akademiyaning uch nafar talabasi AQShda

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan yer yuzidagi barcha musulmonlar mehr-shafqat, fayz-baraka kunlari bo‘lgan muqaddas oyni xursandchilik va cheksiz shukronalik bilan qarshi oladi. Ramazon poklanish, ibodat oyi hisoblanadi.

Mazkur oy munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar iqtidorli talabasi AQShdagi Ramazon tadbirlarini o‘tkazishda faol ishtirok etmoqda.

Ish va o‘qish sabab AQShda istiqomat qiladigan hamyurtlarimiz, musulmon ahli uchun joylarda islom dinining muqaddas fazilatlari, allomalarimizning ilmiy merosi, diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar haqida ma’ruzalar qilishmoqda.

Talabalarning AQShdagi safari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish