278

Akademiya professori Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida talabalarga ma’ruza qildi

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizimi” kafedrasi va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Xalqaro iqtisodiy aloqalar kafedralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda.

Jumladan, kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorligida “Global iqtisodiyotning dolzarb muammolari” XXIV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Mazkur anjumanda Akademiyaning “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professori Abduvali Isajanov ishtirok etdi. Safar davomida universitet talabalariga “O‘zbekistonning turizm sohasidagi salohiyati: mavjud holati va istiqbollari” mavzusida ma'ruza qildi. Mavzu talabalarda katta taassurot qoldirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati 

Izoh qoldirish