284

Akademiyaning yana bir iqtidor sohibi

Yurtimizning jahon maydonidagi nufuzini oshirish ko‘p jihatdan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga bog‘liq. Quvonarlisi, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z tanlagan sohasida yutuqlarga erishayotgan yigit-qizlar safi ortib bormoqda. 

Jumladan, ana shunday iqtidorli yoshlar orasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Islombek Madaminov ham bor.

Islombek mnemosport, ya’ni tezkor xotira bo‘yicha Rossiya ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi safida yurtimiz sharafini himoya qilib, musobaqada faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi Islombek Madaminovni mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Uning kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish