293

Ma’ruza mashg‘ulotlari davom etmoqda

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari Istanbul universitetida talabalarga ma’ruza darslarini o‘tmoqda.

Navbatdagi ma’ruza mashg‘uloti Akademiyaning “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish – UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulnora Xudoyberganova tomonidan amalga oshirildi. 

U Ilohiyotshunoslik fakulteti 4-bosqich ingliz guruhi talabalari uchun “Islomning ilk davrlarida zuhd tushunchasining talqini” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Dars yakunida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish