337

Harbiy soha xodimlari uchun seminarlar mazmunli o‘tdi

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorligida “Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish mexanizmlari” mavzusida amaliy seminar-treninglar o‘tkazildi.

Yurtimizda ilk marotaba harbiy soha tizimi xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari doirasida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida tashkil etilgan tadbirlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvlarda so‘zga chiqqanlar tomonidan so‘nggi yillarda yurtimizda ilm-fanga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilgani, yosh tadqiqotchilar, olimlar uchun qulay sharoitlar yaratilayotganini ta’kidlandi. Jumladan, mazkur sohada xizmat qilayotgan harbiylarning ilm-fan bilan shug‘ullanishi uchun davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Bu borada Akademiya vakillari o‘zlarining muhim tavsiya va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Samimiy muloqot davomida trening qatnashuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

Tadbirlar davomida Akademiya vakillari uchun oliy harbiy ta’lim muassasalariga maxsus ekskursiya tashkil etildi. Yakunda Akademiya vakillariga o‘zaro hamkorlik va faol ishtirok uchun tashakkurnoma topshirildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish