314

Akademiyada kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillar” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova hamda kafedra katta o‘qituvchisi Kamola Aripova tomonidan “Book worms” kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvni “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov ochib berdi. O‘qituvchilar va talabalar ishtirok etgan ushbu ko‘ngilochar kitobxonlik tadbiri ko‘tarinki ruhda olib borildi. Talabalarning ingliz tilida namoyish etgan kitob taqdimotlari, viktorinalar barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir yakunida talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish