267

“Student’s Cup” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi yakuniga yetdi

Bir necha kun davomida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostidagi mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi yakuniga yetdi.

Turnirning 3-o‘rin uchun kechgan bahsida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti jamoasi bilan bellashdi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, shahar bosqichida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar turnirning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritar edi. Afsuski, keskin va murosasiz kechgan bellashuvda Akademiya jamoasi raqiblariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Shunga qaramay, Akademiya jamoasining chiroyli va mazmunli o‘yinlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Akademiya sharafini munosib himoya qilgan talabalarimizga kelgusi musobaqalarda omad va zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish