318

Vakillarimizning Bursa Uludag’ universitetidagi o‘quv-seminarlarda ishtiroki davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi magistrantlari Bursa Uludag’ universiteti Ilohiyot fakultetida o‘quv seminarlarda ishtirok etmoqda.

O‘quv seminar rejasiga muvofiq, Ilohiyot fakulteti professorlari dars mashg’ulotini olib bordi. Jumladan, professor Kasim Kuchukalp “Falsafa, fan va din” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada falsafa, fan va bilim tushunchalarini batafsil yoritish bilan bir qatorda bog’liqlik masalasiga alohida to‘xtab o‘tildi.

Seminar rejasi bo‘yicha ikkinchi ma’ruza professor Ahmad Dog’ ishtirokida o‘tkazildi. Professor Ahmad Dog’ “XXI asrda texnologiya falsafasi” mavzusidagi ma’ruzasida tabiiy va ijtimoiy fanlar o‘rtasida munosabatlarni bog’lash va insoniyat taraqqiyotining navbatdagi bosqichiga olib chiqishida falsafiy bilimlar ahamiyatini yoritib berdi.

Ilohiyot fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi “Bilem TV” sahifalari orqali seminarning onlayn translatsiyasi efirga uzatildi.

Seminardan so‘ng, delegatlarimiz Ilohiyot fakulteti dekani, professor Ali Kaya qabulida bo‘ldi. Qabul asnosida professor Ali Kaya va fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirokida do‘stona suhbat tashkil qilindi.

Delegatlarimizning Turkiya Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish