249

Akademiya vakillari Tojikiston Respublikasidagi forumda faol ishtirok etdi

Avval xabar berganimizdek, Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Diniy xilma-xillik va bag‘rikenglik bo‘yicha mintaqalararo mediaforum” o‘tkazilmoqda. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Mohira Abdullayeva hamda Akademiya doktoranti Tolibjon Nizomov faol ishtirok etdi.

Forum doirasida turli seminar-treninglar tashkil etildi. Tadbirda media-trenerlar, ommaviy axborot vositalari sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar yetakchilari va diniy ekspertlar uchun hududlarda vijdon erkinligini targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Akademiya vakillari seminarlarda o‘zlarining qiziqarli taklif-mulohazalari, fikrlari bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish