245

Delegatlarimizga sertifikat topshirildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat delegatlarimiz Bursa Uludag‘ universitetida tashkil etilgan o‘quv-seminarida ishtirok etishdi.

Seminarda Akademiya professor-o‘qituvchilari, magistrantlari, Bursa Uludag‘ universiteti talabalari, Ilohiyot fakulteti professori Yashar Aydinlining “Islom falsafasiga oid tushunchalar shakllanishida Movarounnahr ulamalarining o‘rni” mavzusidagi ma’ruza mashg‘ulotida qatnashdi.

Mashg‘ulot yakunida Akademiya vakillariga sertifikat topshirildi. Shundan so‘ng, o‘quv seminarining yopilish marosimi tashkil qilinib, unda Ilohiyot fakulteti dekani, professor Ali Kaya ishtirok etdi. Professor Ali Kaya o‘zaro hamkorlik uchun Akademiya vakillariga minnatdorlik bildirib, esdalik sovg‘alarini taqdim qildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish