283

Shoira Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Bugungi kunda joylarda davlatimiz rahbarining 5 ta muhim tashabbusi doirasida, yoshlarni adabiyot, rassomlik, san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar turar joyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bosh mutaxassisi, shoira Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda yurtimizda ijod axliga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Davra suhbatida so‘z olgan Guljamol Asqarova xalqimiz suygan shoira Zulfiyaxonim nomidagi mukofotni qo‘lga kiritgani uning uchun nihoyatda quvonchli voqea bo‘lgani, ijod yo‘lini bardavom bo‘lishiga turtki berganini qayd etdi.

Uchrashuv davomida shoira o‘zining ijodidan she’rlar o‘qidi. Qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tkazilgan tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish