724

Talabalar uchun ingliz tili fanidan musobaqa tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillar” kafedrasi tomonidan “Spelling bee” mavzusida ingliz tili fanidan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Dastlab tanlovning saralash bosqichi tashkil etilib, yakuniy bosqichda ishtirok etuvchi talabalar savol-javoblar asosida tanlab olindi. Qiziqarli tarzda o‘tgan final musobaqasida talabalar faol ishtirok etib, ingliz tilidan olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlarga pul mukofoti topshirildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
14
Yoshlar bilan ishlash
Bir guruh talabalar taqdirlandi
13:32
Apr
27

Izoh qoldirish