279

Akademiya delegatsiyasi Misrga safar uyushtirdi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Misr Arab Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy va ijodiy safarlar tobora rivojlanib bormoqda. 

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida navbatdagi hamkorlik amalga oshirildi. Misr Arab Respublikasiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘qituvchi va besh nafar talaba-qizlaridan iborat delegatsiya o‘z safarini boshladi.

Delegatsiya tomonidan Misrdagi qator nufuzli universitetlarga tashrif buyurish hamda O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida ushbu mamlakatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish