786

Davlat tilida ish yuritish va imlo masalalari mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Marxabo Umrzoqova ishtirokida “Davlat tilida ish yuritish va imlo masalalari” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Unda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda soha vakillari qatnashdi.

Seminarda ma’ruzachi tomonidan o‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari, asos va qo‘shimchalar imlosi, kirill alifbosidagi Е, Ё, Ю, Я, Ц harflarining o‘zbek-lotin alifbosida yozilishi, tutuq belgisining ishlatilishi, yonma-yon kelgan undoshlar imlosi kabi mavzularda ma’lumot berildi.

Yakunda tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi batafsil javob berdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
14
Yoshlar bilan ishlash
Bir guruh talabalar taqdirlandi
13:32
Apr
27

Izoh qoldirish