353

Xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishi ochildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tgan tadbirda 2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilk bor bakalavriatning kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shakllariga “Jurnalistika (xalqaro jurnalistika)” hamda magistratura bosqichining “Jurnalistika (internet jurnalistika)” yo‘nalishiga abituriyentlar qabuli e’lon qilingani ma’lum qilindi. Mazkur yangilikning o‘zi ham bugungi kunda mazkur soha vakillariga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohaga ixtisoslashga jurnalist kadrlar hassos yo‘nalish faoliyatini yanada keng va ta’sirli yoritishi davr talabidir. 

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov Akademiyada bo‘lajak jurnalist kadrlarga ta’lim berishda Uyushma amaliy yordam berishga tayyor ekanini bildirdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish