287

ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

27-IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, OAV xodimlari hamda Akademiya o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Akademiya rektori Muzaffar Komilov, Matbuot kotibi Bahodir Jovliyev hamda “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorovga O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan a’zolik guvohnomasi topshirildi. Shuningdek, akademiya hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi o‘rtasida anglashuv Memorandumi imzolandi.

Ta’kidlash joizki, 2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilk bor bakalavriatning kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shakllariga jurnalistika (xalqaro jurnalistika) hamda magistratura bosqichining jurnalistika (internet jurnalistika) yo‘nalishiga abituriyentlar qabuli e’lon qilindi. Shuning o‘zi ham bugungi kunda mazkur soha vakillariga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lajak jurnalist kadrlarga ta’lim berishda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi amaliy yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qildi. 

O‘z muxbirimiz.

Manba: “O‘zbekiston ovozi” gazetasi 2022-yil 28-iyun, 26-son

Izoh qoldirish