478

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi 6-bosqichi yakunlandi.

Shu munosabat bilan Akademiya majlislar zalida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, kurs o‘qituvchisi Ixtiyor Abdurahmonov, “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi rahbari Bekzodbek Muxtarov, o‘quv kursi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi. 

Tadbirda Zohidjon Islomov tinglovchilarni o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan tabrikladi. Qur’oni karimni to‘g‘ri va chiroyli o‘qish uchun berilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalib, mustahkam bilim olish, yaratilgan qulay sharoitlardan oqilona foydalanish orqali kerakli natijaga erishishga harakat qilish zarurligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida 60 nafar tinglovchiga “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida ta’lim olganliklari haqidagi sertifikat va “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan “Qur’oni karim” kitobi topshirildi. Shuningdek, mazkur kursda faollik ko‘rsatgan o‘qituvchi va tinglovchilar Akademiya rektori tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qur’oni karim va tajvid kurslari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish