391

Dinimiz fidoyilari – Muftiy Boboxonovlarning xayrli ishlari yod etildi

2021-yil noyabr oyida Toshkent islom instituti tashkil topganiga 50 yil to‘ldi. 1943-yil muftiy Eshonboboxon ibn Abdulmajidxon qardosh xalqlar ulamolari bilan birgalikda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazoratini tashkil qilgan bo‘lsa, 1971-yil 1-noyabrda muftiy Ziyouddinxon ibn Eshonboboxon tashabbusi bilan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga asos solindi.

Toshkent islom institutining tashkil topganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri, diniy ta’limni yo‘lga qo‘yilishida hamda ulamolar va diniy kadrlarni yetishtirib chiqaradigan Oliy ma’hadning ochilishida jonbozlik qilgan muftiylar sulolasi bo‘lmish Boboxonovlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlandi.

Toshkent islom institutida “Muftiy Boboxonovlar jamg‘armasi” hamkorligida “Dinimiz fidoyilari (tarix, xotiralar, saboqlar)” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda “Dinimiz fidoyilari” kitobi muallifi, Muftiy Boboxonovlar jamg‘armasi direktori Amirsaid Usmonxo‘jayev, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov, Muftiy Shamsiddinxon Boboxonovning farzandlari Jamoliddin Boboxonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Toshkent islom instituti birinchi bitiruvchisi, xattot Habibullo Solih, Do‘stjamboy jome masjidi imom-xatibi Bahrom qori Atadjanov, jamg‘arma mutasaddilari, ulamolar, taniqli olimlar, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

oliymahad.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Nov
08
MUFTIY BOBOXONOVLAR MEROSI
IMOM DORIMIY
19:38
Jul
26
Jul
26
MUFTIY BOBOXONOVLAR MEROSI
“Dinimiz fidoyilari” kitobi taqdim etildi
11:32

Izoh qoldirish