409

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari e’lon qilindi

Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan 2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga magistratura qabuli natijalari tasdiqlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022/2023-o‘quv yili uchun magistratura qabuli natijalari haqida mutaxassisliklar kesimida quyidagi LINK ORQALI ⬅️ (MATN USTIGA BOSING) tanishish mumkin.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi 279-son qaroriga muvofiq magistraturaga qabul yilda ikki marotaba o‘tkazilishi belgilangan. Shu bois, bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlar mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq Akademiyada faoliyati yo‘lga qo‘yilgan magistratura mutaxassisliklari doirasida 2023-yil yanvar oyidagi qabulda ishtirok etishlari mumkin.

Izoh qoldirish