318

“Ziyo” media markazi bosh rejissori  O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi bosh rejissori Mikoyil Sulaymonov O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi. 

Samarali ijod qilib kelayotgan Mikoyil Sulaymonov “Jiyda guli”, “Muhabbat bahori”, “Baxt qushi”, “Qismat”, “Jigarabandim” kabi turli janrlardagi o‘ndan ziyod filmlarining ssenariy muallifi va rejissyori sifatida san’at muxlislari qalbidan joy olgan. 

Shuningdek,  Mikoyil Sulaymonov turk tilidagi “Shirin buloq”, “Burch”, “Chin muhabbat” filmlarining ham muallifidir. 

Mahoratli ijodkor “Ziyo” media markazi tomonidan tayyorlangan “Vatanga begona yo‘q”, “Ibrat”, “Oqibat”, “Tarbiya”, “Gumon”, “Tarozi”, “Ustoz”, “Kibr”, “Taloq”, “Do‘st” kabi o‘nlab telenovellalar, “Muallima” va “Saodat manzili” qisqa metrajli badiiy filmlarga rejissyorlik qilgan. Ayni paytda yangi loyihalar, filmlar, telenovellalar ustida ishlamoqda. 

Taniqli kinoijodkor Mikoyil Sulaymonovni yuksak va munosib e’tirof bilan tabriklagan holda u kishining ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat va ishlariga baraka tilaymiz.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish