356

Akademiyada shoira Zulfiya Mo‘minova bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri “Islomshunoslik” fakulteti tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Mo‘minova bilan Akademiya talaba-yoshlari o‘rtasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, fakultet dekani Zokir Ro‘ziyev, fakultet tarkibidagi professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

“Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari sohibasi, elimiz suygan ijodkor Zulfiya Mo‘minova tadbirda so‘z olarkan, talabalarni bugungi bayram bilan muborakbod etdi. So‘nggi yillarda yurtimizda harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilgani, yoshlarning ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.

Yakunda shoira o‘zining diltortar va badiiy jihatdan yetuk she’rlarini tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish