289

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari tashkil etilgan.

Ushbu o‘quvlarning ikkinchi kunida ishtirok etayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar Bosh imom-xatiblariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan. ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Ravshanov “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, Doktor Abu Sa’d Damanhuriy tomonidan “Moturidiy ta’limoti asoslari” mavzularida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Darsdan keyin tinglovchilar Yangi O‘zbekiston bog‘iga tashrif buyurishdi. Mazkur yodgorlik yurtimizda yangi O‘zbekistonni – uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasi bilan uyg‘un holda barpo qilingan bo‘lib, unda tinglovchilar milliy davlatchiligimizning ramzi bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur saltanatining moviy gumbazi, yulduzlar olamiga qarab yuksalgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, dunyo ilm-fani va sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkir bobolarimizning eng nodir ilmiy kashfiyotlari tasvirlangan Mustaqillik monumenti bilan tanishib chiqdilar.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish