324

OTINOYILARNING MALAKA OSHIRISH O‘QUVLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Viloyat, tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Mazkur o‘quvlarning ikkinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Ravshanov “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Zokir Sodiqov “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” hamda Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov tomonidan “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish masalalari (O‘zbekiston tajribasi)” mavzularida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Darsdan so‘ng tinglovchilar “Hazrati imom” majmuasiga tashrif buyurishdi. U yerda “Qaffol Shoshiy” maqbarasi, Baroqxon madrasasi, “Mo‘yi muborak” madrasasi, “Tilla shayx” va “Nomozgoh” masjidlarini ziyorat qilishdi hamda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining qurilish va obodlantirish  ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdilar. 

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish