349

Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Bu haqda daryo.uz sayti xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, Loyiha bilan Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahri, Mirsaid Baraka ko‘chasi, 47-uy manzilida ulug‘ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

Samarqand viloyati hokimligi muzey binosini ta’mirlashi va tegishli hududini obodonlashtirishi, muzeyni (tekin foydalanish huquqi asosida) ushbu binoga joylashtirilishini ta’minlashi lozim.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda muzeyni malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi, muzeyga zamonaviy interfaol axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy choralarini ko‘radi.

Bundan tashqari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda muzeyga sayyohlarni keng jalb etishi lozim.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish