
Xalqaro psixologlar kuni mazmunli o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Mirilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Marosimda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva, “Yosh psixologlar” klubi a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan turli psixologik treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Mazkur o‘yinlar orqali yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bir-birini tushunish kabi jihatlar yanada shakllantirildi. Yakunda “Yosh psixologlar” klubi a’zolariga sertifikatlar topshirildi.
Ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilgan marosim yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish