240

Safar ilmiy-madaniy taassurotlarga boy o‘tmoqda

Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasining bir guruh o‘qituvchilari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib turibdi. 

Tashrif davomida Istanbuldagi Islom madaniyati va sanʼati muzeyida bo‘lishdi. Muzey Ibrohim Poshoning saroyi binosida joylashgan boʻlib, unda koʻplab osori-atiqalar tarixiy xronologiya asosida sulolalar davri boʻyicha islom madaniyati va sanʼatiga doir koʻrgazmali qurollar, noyob ashyolar, qoʻlyozma va tarixiy hujjatlar, bebaho artefaktlar oʻrin olgan. Uchrashuv davomida muzey rahbariyati tomonidan Akademiya vakillariga “Islom va sanʼat” nomli fotoalbom sovgʻa qilindi.

Shundan so‘ng Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari uchun Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasi, Kitoblar shifoxonasi (Restavratsiya) markazi, Istanbuldagi Boyazid davlat kutubxonasiga sayohat tashkil etildi.

O‘z navbatida Akademiya a’zolari Istanbul universiteti Ilohiyot fakultetida bo‘lib, fakultet rahbariyatiga Akademiya rahbariyati nomidan esdalik sovgʻalari va kitoblar taqdim etildi.

Xizmat safari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish