250

Xalqaro konferensiyada muhim masalalar haqida so‘z yuritildi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Marokash podshohligining Rabot shahrida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO)ning xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham ishtirok etmoqda. 

Maslahat uchrashuvining ikkinchi kunida aʼzo mamlakatlar vakillari boʻlgan ishtirokchilar guruhlarga boʻlingan holda, taʼlimni rivojlantirish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishdi. Xususan, muhokamalar oliy taʼlimdan oldingi bosqich va oliy taʼlim bosqichlarini rivojlantirish xususida boʻldi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan respublikamizning bu boradagi tajribasi aks etgan taqdimot o‘tkazildi. Unda umummtaʼlim maktablarida ilm-fanning turli sohalariga oid chuqurlashtirilgan taʼlim beruvchi Prezident maktablarini taʼsis etishda Oʻzbekiston tajribasi, har bir mamlakatda ularning turli mintaqalarida aniq fanlarga jumladan kimyo, biologiya, fizika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablarni tashkil etish (Oʻzbekiston tajribasi) haqida takliflar berildi. Shuningdek, jamiyatda xotin-qizlarni faolligini va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida ularning oliy maʼlumotga ega boʻlishlari uchun turli davlat grantlarini joriy etish borasida so‘z yuritildi. Bu borada yurtimizdagi magistratura bosqichidagi talaba qizlarning kontrakt summalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qoplab berilishi tajribasi yig‘ilganlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, berilgan takliflar ishtirokchi va tashkilotchilar tomonidan yuqori qiziqish va eʼtirof bilan qabul qilindi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish