225

Akademiya professor-o‘qituvchilari Tojikiston Respublikasida xizmat safarida bo‘lishdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, professor Muhammadolim Muhammadsidiqov, falsafa doktori PhD, dotsent Mo‘minjon Xoʻjayev, siyosiy fanlar doktori, dotsent Farhod Karimov Tojikiston Respublikasining Xoʻjand shahrida xizmat safarida boʻlishdi. 

Mazkur xizmat safari xorijiy mamlakatlar oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni oʻrnatish va mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. 

Akademiya vakillari safar davomida Xoʻjand davlat universiteti hamda Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetiga tashrif buyurishdi. Talabalar va professor-oʻqituvchilar ishtirokida turli tadbirlar tashkil etildi. Xususan, Xoʻjand davlat universiteti Ijtimoiy-fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda talabalari uchun “Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya masalalari va istiqbollari”, “Mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashda din omili” mavzusida maʼruza o‘tkazildi. Shuningdek, “Ilmiy tadqiqotning zamonaviy metodologiyalari” mavzusida trening mashgʻuloti tashkil etildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari Xoʻjand davlat universitetida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashishdi.

Shu bilan birga, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetining “Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Safar davomida Xoʻjand shahrining diqqatga sazovor joylari ziyorat qilindi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish