237

Vengriya hukumati “Stipendium Hungaricum” ta’lim grantlari dasturini e’lon qildi

Vengriya hukumati o‘zining “Stipendium Hungaricum” ta’lim grantlari dasturi doirasida ushbu mamlakat OTMlarida o‘qish uchun ta’lim grantlarini e’lon qildi.

Mazkur stipendiya dasturi doirasida Vengriya tomoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 2023/2024-o‘quv yilida quyidagi tartibda jami 170 ta ta’lim grantini taqdim etadi:

– bakalavriat 20 ta o‘rin;

– bakalavriat magistratura bilan birlashtirilgan tarzda 10 ta o‘rin, ya’ni hujjatlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi, unga magistratura (OTM – One time master) ham kiradi, o‘qish muddati ta’lim yo‘nalishiga qarab 5 yoki 6 yil davom etadi; 

– magistratura 60 ta o‘rin;

– doktorantura (PhD) 60 ta o‘rin; 

– Jismoniy tarbiya universitetida o‘qish uchun 20 ta o‘rin (Budapesht shahrida).

Stipendiyalardan uch oydan o‘n oygacha bo‘lgan ta’lim dasturlari uchun ham foydalanish mumkin.

Ma’lumot uchun: Muhandislik-texnika, shuningdek, tibbiyot, geologiya, farmasevtika, biotexnologiya, kimyo, fizika, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, energetika, muqobil energiya manbalari va boshqa shu kabi yo‘nalishlarga hujjat topshirganlarga imtiyoz beriladi.

Muddat – 2023-yil 16-yanvar.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi. 

(Tel:+998 71 244 95 93)

 

Izoh qoldirish