221

Xorijlik professor ishtirokida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Har bir soha rivojida o‘zaro tajriba almashish, malakali, yetuk kadrlarni tarbiyalashda hamkorlik aloqalari muhim. Shu bois, bugun yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida nafaqat mahalliy, balki dunyoning nufuzli mamlakatlaridagi oliygohlarning professor-o‘qituvchilari, malakali pedagoglari ham yoshlarga zamonaviy ilm-fan sirlaridan saboq bermoqda. 

Mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosda o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham xorijlik professor-o‘qituvchilarning dars-mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan.

Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti professori Mavluda Raximshikovaning falsafa fanidan amaliy dars mashg‘ulotlari oʻtkazildi. Mazkur darslar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa doktor PhD Moʻminjon Xoʻjayev bilan hamkorlikda, binar shaklida olib borildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, mazkur universitet Top-500 QS World University Rankings reytingiga kiradi.

Darslar davomida professor tinglovchilarga falsafa fanining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘qitish metodlari va texnologiyalari, nazariy hamda amaliy jihatlari borasidagi ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish