188

Oʻzbekiston delegatsiyasi Sharja Qurʼoni karim akademiyasida boʻlishdi

Delegatsiya a’zolari xizmat safari davomida Qosimiya universiteti tarkibidagi Sharja Qurʼoni karim akademiyasi faoliyati bilan tanishishdi. Shu bilan birga, Akademiya rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Qosimiya universiteti va Qurʼoni karim akademiyasi 2018-yilda Sharja amiri tomonidan tashkil etilgan. 

Mazkur Qurʼoni karim akademiyasining asosiy maqsadlaridan biri Qurʼoni karimni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qadar uzluksiz yetib boruvchi isnod bilan yod olgan “ijoza”li qiroat olimlarini yetishtirish sanaladi. 

Uning faoliyati asosan uch yoʻnalishda olib boriladi: Qurʼoni karimni yod olgan hofizlarga ijozalar berish; Qurʼoni karim muzeyi; Qurʼoni karim qiroatiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish (Qurʼoni karimga oid ellik jildlik ensiklopediya nashr etilishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirda uning oʻn jildi nashrga tayyorlangan).

Akademiya binosida Qurʼoni karim muzeyi, qiroatlarni video va audio tarzida yozish hamda Sharja telekanali orqali efirga uzatish studiyasi, majlislar zali va boshqa boʻlimlardan iborat.

Muzey 8 ta zaldan iborat bo‘lib, tarixiy va zamonaviy texnologiyalar oʻzaro uygʻunlashtirilgan. Jumladan, Qurʼoni karimning ilk nozil boʻlish davri – Makkadagi Xiro gʻori maketi. Bu yerda “Oʻqi” deb boshlangan ilk oyatlar muntazam ravishda qoʻyib boriladi.

Izoh qoldirish