181

Bolgar islom akademiyasi maqolalar tanlovini e’lon qiladi

Rossiya Federatsiyasining Bolgar islom akademiyasi tomonidan o‘qituvchi va talabalar uchun “Rossiya musulmonlarning diniy merosi” V xalqaro Bolgar forumi o‘tkaziladi. 

Joriy yilning 21-26-may kunlari tashkil etiladigan mazkur forum doirasida quyidagi konferensiyalarda ishtirokchilar o‘z maqolalari bilan onlayn yoki oflayn qatnashish imkoniyati mavjud. 

VII Bolgar oʻqishlari “Musulmonlarning maʼnaviy merosi anʼanaviy qadriyatlarni mustahkamlash asosi sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi;

“Zamonaviy yoshlarning fuqarolik oʻziga xosligi: ijtimoiy-madaniy voqeliklar mazmunida din va taʼlim siyosati” mavzusidagi xalqaro talabalar konferensiyasi;

“Global muammolar davrida dinlararo muloqot va an’anaviy qadriyatlar” Butunrossiya konferensiyasi.

Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga o‘z maqolalari bilan 19-aprel kuniga qadar murojaat qilishlari so‘raladi.

Izoh qoldirish