161

Uchrashuvda hamkorlik masalalari muhokama etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida UNESCO kafedralari doirasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik, xalqaro grantlarda ishtirok hamda istiqboldagi rejalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, UNESCO xalqaro tashkilotining dinlararo va madaniyatlararo bag‘rikenglikni targ‘ib qilish yo‘nalishida xalqaro grant loyihalari haqida ma’lumot olindi. 

“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasining oxirgi 5 yillik faoliyati UNESCO xalqaro tashkiloti tomonidan ijobiy baholanib, kafedraning tashkilot bilan hamkorlik shartnomasining muddati 2026-yilgacha uzaytirilgani e’tirof etildi. 

Ma’lumot uchun aytish joizki, “UNITWIN/UNESCO kafedralari” dasturi 1992-yilda yo‘lga qo‘yilgan. U 120 mamlakatdagi 850 dan ortiq muassasalarni qamrab oladi. Hozirda O‘zbekistonda UNESCO maqomidagi 8 ta kafedra faoliyat yuritadi.

Izoh qoldirish