237

Akademiya o‘qituvchisi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universitetida ma’ruza o‘qidi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa doktori PhD Mo‘minjon Xo‘jayev Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universitetida talabalarga ma’ruza o‘qidi.

Akademiya o‘qituvchisi “Sharq mutafakkirlari va Renessans davri allomalari”, “Abayning falsafiy qarashlari” va “Ibn Xaldun falsafasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Mazkur hamkorlik darsi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy qilish, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining o‘zaro malaka almashinuvi doirasida tashkil etildi.

Shuningdek, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti “Falsafa” kafedrasi tomonidan yaqin aloqani o‘rnatish va kelgusida hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari hamda talaba almashinuv dasturlari uchun Anglashuv memorandum imzolash taklifi berildi. 

Ushbu safar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi yosh o‘qituvchi va tadqiqotchilarining o‘quv va ilmiy ishlari natijadorligi sifatini oshirish hamda akademiyaning xalqaro maydonda ilmiy nufuzini yuksaltirish bo‘yicha istiqboldagi ishlarga yo‘l ochishi shubhasiz.

Izoh qoldirish