156

Akademiya vakillarining O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi bilan onlayn formatdagi muloqoti bo‘lib o‘tdi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida o‘zaro manfaatli, ishonchli va do‘stona asosdagi aloqalar jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Jumladan, oliy ta’lim sohasida ham hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilayotir.

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov bilan onlayn formatda muloqot bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokir Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov ishtirok etdi.

Muloqotda Malayziyaning turistik salohiyati, hamkorlikda Oʻzbekistonda Ziyorat turizmini rivojlantirish, talaba-yoshlar uchun ikki tomonlama yozgi maktablar (Summer school) loyihalarini joriy etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. 

Bundan tashqari, Malayziya oliy taʼlim muassasalaridan birida Akademiyaning Turizm kafedrasini tashkil etish, talabalar almashinuvi kabi masalalar haqida so‘z bordi.

Uchrashuv har ikki tomon uchun foydali va mazmunli bo‘ldi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish